Nogironligi bo’lgan shaxslarni O’zbekistonda parlament saylovlarida turli darajadagi deputatlikka nomzod sifatida qatnashishiga o’rgatish orqali ularni qarorlar qabul qilish jarayoniga kiritish maqsadida ularning siyosiy va xuquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-treningi O’zXDP Sirdaryo viloyati Kengashi majlislar zalida Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda O’zbekiston Respubliksai Oliy Majlisining Inson huququlari bo’yicha Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov, “Demokratiya va inson huquqlari” instituti direktori S.A.Xodjayeva, O’zbekiston Respublikasi “Nogironlar Jamiyati” raisi K.Abdullayev,
O’zXDP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Sh.Mamadetsoyev, O’zLIDEP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Sh.Bazarbayev, O’zbekiston Respublikasi “Adolat” SDTP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi J.Komilobv, UzMTDP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi N.Soatov, O’EP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi O.Begiev hamda nogironligi bo’lgan shaxslar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda nogironligi bo’lgan shaxslarni O’zbekistonda qonun chiqaruvchi organlarga saylovlarda (shu jumladan Parlamentga, turli darajadagi maxalliy vakillik organlariga saylovlarda ishtirok etish ) nomzod sifatida qatnashishliklari uchun ularni saylovlarga tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida hamda saylovlarda o’z nomzodlarini qo’yishda nimalarga ahamiyat qaratishliklari to’g’risida seminar-trening o’tkazildi. Savol-javoblarga boy tarzda o’tkazilgan seminar-trening so’ngida bir qancha faoll nogironligi bo’lgan shaxslar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
